O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansi tuzilishi mumkin

eʼlon qilindi
Bu tashabbus Seulda o‘tkazilgan qo‘shma biznes forumda ilgari surildi
O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansi tuzilishi mumkin
Foto: prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi sanoat hamda texnologik hamkorlikni chuqurlashtirish uchun O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tuzishni taklif etdi. Bu tashabbus Seulda o‘tkazilgan qo‘shma biznes forumda ilgari surildi.

Forumda ikki mamlakat davlat tuzilmalari va ishbilarmon doiralarining 300 nafardan ortiq vakillari qatnashdi. Ular orasida Lotte Chemical, Hyundai Motor Group, Samsung C&T, CJ Group, Shinhan Financial Group, Hyundai Rotem, Kia Corporation va boshqa yirik kompaniyalar bor edi.

Yangi iqtisodiy o‘sish nuqtalari yaratiladi

Shuningdek, o‘qing: Shavkat Mirziyoyev Koreya Milliy Assambleyasi spikeri bilan uchrashdi

Davlat rahbari O‘zbekistonning resurs salohiyati, Janubiy Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va ikki mamlakat kompaniyalarining investitsiya imkoniyatlarini birlashtirish orqali yangi iqtisodiy o‘sish yo‘nalishlarini yaratish mumkinligini ta’kidladi.

Shuningdek, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, to‘liq ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish, energetika, yashil iqtisodiyot, transport, zamonaviy infratuzilma, raqamlashtirish va sun’iy intellekt bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish taklif qilindi.

Koreya kompaniyalari yangi loyihalarga taklif qilindi

Koreya biznesi misni qayta ishlash, elektrotexnika uskunalari ishlab chiqarish, avtomobil va elektromobil sanoati uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga taklif etildi.

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekiston va Janubiy Koreya qaysi sohalarda hamkorlik qiladi

Bundan tashqari, robototexnika va avtomatlashtirish, biotexnologiya va farmatsevtika, gidroenergetika, energiyani saqlash tizimlari, energetika tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda transport va shahar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ham qo‘shma loyihalar taklif qilindi.

Alyans hamkorlikning amaliy mexanizmi bo‘lishi mumkin

Prezident Mirziyoyev O‘zbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini ikki davlat o‘rtasidagi sanoat va texnologik hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning amaliy mexanizmi sifatida taklif etdi.

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekiston va Janubiy Koreya 12 mlrd dollarlik yangi loyihalarni tayyorladi

Davlat rahbari O‘zbekistonda koreys biznesi uchun qulay sharoitlarni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini ham bildirdi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasiga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlarni Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga tashrifdan boshlagani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek