O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini yirik g‘alaba bilan boshladi

eʼlon qilindi
Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi hisobni 30-daqiqada ochdi
Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiya

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yirik g‘alaba bilan boshladi. Ravshan Haydarov shogirdlari 15-sentabr kuni Filippin terma jamoasini 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiya xabar berdi.

O‘zbekiston birinchi bo‘limda hisobni ochdi

Uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi hisobni 30-daqiqada ochdi. Muhammadali O‘rinboyev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda o‘zbekistonlik futbolchilar yana to‘rtta gol urdi. Saidumarxon Saidnurullayev 60 va 70-daqiqalarda ikki marta gol kiritdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, Ro‘ziboy Fayzullayev O‘zbekistonning to‘rtinchi golini urdi.

Filippinliklar 63-daqiqada Joshua Merinoning goli orqali hisobni qisqartirdi. Biroq 80-daqiqada Muhammadali Reimov yana bir gol urib, O‘zbekistonning 5:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

O‘zbekistonning keyingi raqibi — Kuvayt

Shu tariqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ilk uchrashuvini uch ochko bilan yakunladi.

Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichining navbatdagi turida 18-sentabr kuni Kuvayt terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston guruhdagi so‘nggi uchrashuvini esa 22-sentabr kuni Vyetnamga qarshi o‘tkazadi.

Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi FIFA kunlari doirasida 1-oktabr kuni Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek