
Turkiyaning mashhur «Uzoq shahar» («Uzak Şehir») seriali 14-sentabr kuni uchinchi fasl bilan ekranlarga qaytdi. Yangi faslning ilk qismi serialning 64-qismi bo‘lib, unda Jihan, Alya va Deniz o‘rtasidagi voqealar yana keskinlashadi.
Serial yangi faslda ham Kanal D telekanalida namoyish etiladi. Yangi qismlar har dushanba kuni soat 20:00 da efirga uzatiladi.
Voqealar Budapeshtdan boshlanadi
64-qismda voqealar Budapeshtda boshlanadi. Jihan Alya va Denizni Mardinga qaytarish uchun ularning oldiga boradi.
Biroq Alya Mardinga qaytishga tayyor emas. Shu sabab Jihan va Alya o‘rtasidagi ziddiyat yanada kuchayadi.
Treylerda qurolli to‘qnashuv ham ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng Jihan Denizni o‘zi bilan olib, Mardinga qaytadi.
Jihan va Alya yana birga bo‘ladimi
Yangi fasldagi asosiy savollardan biri Jihan va Alyaning munosabatlari bilan bog‘liq.
Avvalgi fasl yakunida ularning yo‘llari ajralgan edi. Yangi qismlarda esa Deniz sabab ular yana bir-biriga qarshi turishga majbur bo‘ladi.
Jihan Denizni Mardinga olib ketmoqchi bo‘lsa, Alya bunga qarshi chiqadi. Shu sabab ularning munosabatlari uchinchi faslda ham murakkab davom etishi kutilmoqda.
Deniz xavf ostida qoladi
Yangi faslda Deniz bilan bog‘liq voqealar markaziy o‘ringa chiqadi. Sadakat Alya ketganidan keyin yanada keskin harakat qila boshlaydi.
Shuningdek, Ejmel avlodini davom ettiradigan yagona shaxs Deniz ekani sabab bola Albora oilasidagi ichki kurashlar markazida qoladi.
Jihan Denizni himoya qilish uchun uni Mardinga olib ketadi. Alya esa o‘g‘lining ortidan qaytishga majbur bo‘ladi. Shu tariqa uning Jihan bilan yo‘llari yana kesishadi.
Shuningdek, o‘qing: «Uzoq shahar»: qismlar mazmuni, aktyorlar va yangi mavsum
Ayrim aktyorlar yangi faslda qatnashmaydi
Serialning asosiy rollarida Ozan Akbaba Jihan Albora, Sinem Ünsal esa Alya Albora obrazlarini ijro qilishda davom etadi.
Gonca Jilasun, Müfit Kayajan, Sahra Şaş, Atakan Özkaya, Dilin Döğer, Nazmi Kırık va Kuzey Gezer ham yangi fasl aktyorlari orasida.
Biroq Alper Çankaya ijro etgan Şahin Albora hamda Ferit Kaya gavdalantirgan Demir Baybars uchinchi faslda ko‘rinmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning «Yerosti» («Yeraltı») seriali haqida ma’lumot berilgandi. Unda qasos, muhabbat, jinoyat olami va sadoqat mavzulari bir hikoya ichida ochib beriladi. Serial NOW telekanalida namoyish etildi. 20-may kuni uning 16-qismi mavsum finali sifatida efirga uzatildi.