Toshkentda maktab-internati o‘quvchisi yotoqxonaning 4-qavatidan tushib ketib vafot etdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
U bir necha olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan
Foto: Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi

Toshkentda maktab-internat o‘quvchisi yotoqxonaning to‘rtinchi qavatidan tushib ketib, og‘ir jarohat oldi va 10 kun davomida shifoxonada davolanganidan so‘ng vafot etdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

O‘quvchi 10 kun davomida shifoxonada davolangan

Ma’lum qilinishicha, Sh.J. bundan 10 kun avval maktab-internat yotoqxonasining to‘rtinchi qavatidan tushib ketgan.

Og‘ir jarohat olgan o‘quvchi shifoxonaga yotqizilgan va shundan buyon davolangan. Biroq 15-sentabr kuni u vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan hozirda Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘quvchi xalqaro tanlovlarda sovrinlar olgan

Sh.J. iqtidorli o‘quvchilardan biri bo‘lgani aytilmoqda. U matematika va ilmiy yo‘nalishdagi respublika hamda xalqaro tanlovlarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan.

Jumladan, 2026-yilda Olmaota shahrida o‘tkazilgan yosh tadqiqotchilar xalqaro turnirida uning jamoasi birinchi o‘rinni egallab, oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, o‘quvchi Sa’di Sirojiddinov nomidagi Respublika matematika turnirida ham sovrinli o‘rinlardan birini egallagan.

Avvalroq Qozog‘istonning Jambil viloyatida 19 yoshli O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek