«Umra» ziyoratiga yuborishni va’da qilib pul olgan shaxslar ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
«Umra» ziyoratiga yuborishni va’da qilib pul olgan shaxslar ushlandi
Foto: DXX

Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida fuqarolarni «Umra» ziyoratiga yuborishni va’da qilib pul olgan shaxslarning noqonuniy faoliyati fosh etildi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.

Toshkentda $1 ming va 1,2 mln so‘m olayotganda ushlandi

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida yashovchi 1984-yilda tug‘ilgan shaxs tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda poytaxtlik fuqaroning ishonchiga kirgani aytilmoqda.

U tanishlari orqali fuqaroni Saudiya Arabistoniga «Umra» ziyoratiga yuborish evaziga $1,1 ming talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi $1 ming va 1,2 mln so‘m pul mablag‘ini olayotgan vaqtida DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda IIV xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Farg‘onada ikki fuqaro uchun $2,2 ming olingan

Shunga o‘xshash holat Farg‘ona viloyatida ham aniqlangan. DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Dang‘ara tumanida faoliyat yurituvchi turistik firma menejeri ikki nafar Uchko‘prik tumani fuqarosini «Umra» safariga yuborish evaziga $2,2 ming olayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va tergov davom etmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Xorazm va Sirdaryoda giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq uchta holat aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek