17-sentabr kuni O‘zbekistonda havo 37 darajagacha isiydi

eʼlon qilindi
Janubiy hududlarda eng issiq ob-havo kuzatiladi
17-sentabr kuni O‘zbekistonda havo 37 darajagacha isiydi
Foto: Pexels

17-sentabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Eng yuqori harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilib, +37 darajagacha yetishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi harorat +16…+18, kunduzi esa +30…+32 daraja atrofida bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi.

Janubiy hududlarda eng issiq ob-havo kuzatiladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunduzgi harorat +32…+37 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi esa +15…+20 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo +30…+35 daraja, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida esa +28…+33 darajagacha isiydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat +27…+32 daraja, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida +28…+33 daraja bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kechasi harorat +11…+16, kunduzi +22…+27 daraja bo‘ladi.

Aksariyat hududlarda sharqiy yo‘nalishdagi shamol 5–12 metr/sekund, tog‘li joylarda esa 9 – 14 metr/sekund tezlikda esishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» 16-sentabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek