Samsung Galaxy S27 qanday xotira bilan chiqadi

17-sentabr 2026 09:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S27 qanday xotira bilan chiqadi
Foto: Pexels

Samsung kelajakdagi Samsung Galaxy S27 seriyasining ayrim modellarida LPDDR6 o‘rniga LPDDR5X tezkor xotiradan foydalanishi mumkin. Bu haqda Sammobile nashri xabar bermoqda.

The Bell ma’lumotiga ko‘ra, Samsung Micron’ning 1γ texnologik jarayonida ishlab chiqarilgan LPDDR5X xotirasini sifat sinovlaridan o‘tkazmoqda. Bu avlod Samsung va SK Hynix’ning 1c DRAM texnologiyasiga mos keladi.

Micron ushbu chiplarning dastlabki namunalarini Samsung’ga 2025-yilning ikkinchi yarmida taqdim etgan. Avvaliga ular Galaxy S26 seriyasida paydo bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan, biroq bu amalga oshmagan.

Narx asosiy muammo bo‘lishi mumkin

Micron xotira chiplarining Samsung tomonidan keng qo‘llanilishiga ularning narxi to‘sqinlik qilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Micron yangi avlod chiplarini odatda raqobatchilarga nisbatan 20 – 30% qimmatroq taklif etadi. Hozirgi muzokaralarda esa Micron narxi Samsung’ning o‘z xotira bo‘linmasi mahsulotlariga nisbatan 50% gacha yuqori bo‘lishi mumkin.

Shu sababli Galaxy S27 seriyasining barcha modellari Micron xotirasiga o‘tishi hozircha ehtimoldan yiroq.

Galaxy S27 Pro va Ultra LPDDR6 olishi mumkin

Yuqori toifadagi Galaxy S27 Pro va Galaxy S27 Ultra modellari LPDDR6 tezkor xotira bilan jihozlanishi mumkin. Ular Qualcomm’ning Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori bilan ishlashi kutilmoqda.

Bazaviy Galaxy S27 va Galaxy S27+ esa Samsung’ning Exynos 2700 chipini olishi mumkin. Manbalarga ko‘ra, ushbu protsessor Samsung Foundry’ning ikkinchi avlod 2 nanometrli texnologiyasi asosida ishlab chiqariladi.

Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 esa TSMC’ning ikkinchi avlod 2 nanometrli texnologik jarayonida tayyorlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy A25 uchun One UI 9.0 beta dasturini ishga tushirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek