Chevrolet Blazer uchun chegirmalar e’lon qilindi

18-sentabr 2026 07:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Blazer uchun chegirmalar e’lon qilindi
Foto: Chevrolet

AQShda 2026-yilgi Chevrolet Blazer krossoveri uchun sentabr oyiga mo‘ljallangan maxsus moliyalashtirish va lizing takliflari e’lon qilindi. Aksiyalar 30-sentabrgacha amal qiladi.

Kredit stavkasi 1,9 foizdan boshlanadi

Chevrolet Blazer xaridorlari avtomobilni GM Financial orqali moliyalashtirganda 36 oy muddatga yillik 1,9 foiz, 48 oyga 2,9 foiz yoki 60 oyga 3,9 foiz stavkada kredit olishlari mumkin.

Shuningdek, Chevrolet Blazer LT’ning old g‘ildirakdan tortuvchi versiyasi uchun 24 oylik lizing taklif etilmoqda. Ayrim mijozlar uchun oylik to‘lov $349 dan boshlanadi, shartnoma tuzilganda esa $2,8 mingga yaqin dastlabki to‘lov talab qilinadi. Yillik yurish chegarasi 10 ming mil etib belgilangan.

Foto: Chevrolet

GM xodimlari va ularning ayrim oila a’zolari uchun Blazer LT FWD oyiga $319 dan taklif qilinmoqda. To‘liq uzatmali LT AWD versiyasining oylik lizing to‘lovi esa $349 ni tashkil etadi.

Chevrolet Blazer qancha turadi

2026-yilgi Blazer AQSh bozorida uchta asosiy komplektatsiyada taklif qilinadi. 2LT versiyasining boshlang‘ich narxi $36,295, 3LT – $41,695, RS esa $45,595 etib belgilangan. Narxlarga $1,995 miqdoridagi yetkazib berish xarajati ham kiritilgan.

Model 228 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbo dvigatel yoki 308 ot kuchiga ega 3,6 litrli V6 motor bilan jihozlanadi. Har ikkala agregat to‘qqiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Old g‘ildirakdan tortish standart, to‘liq uzatma esa qo‘shimcha variant sifatida mavjud.

Manba: GMAutority

2027-yilgi Blazer bo‘lmaydi

General Motors 2027-yil model qatori uchun Chevrolet Blazer ishlab chiqarmaydi. Kompaniya yangilangan Blazer’ni 2028-yilgi model sifatida taqdim etishni rejalashtirgan, uning ishlab chiqarilishi 2027-yilning birinchi yarmida boshlanishi kutilmoqda.

Amaldagi 2026-yilgi Chevrolet Blazer ishlab chiqarilishi esa 2026-yil 30-sentabrda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» Chevrolet Tahoe 2027 avtomobilini qanday tanlash mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek