Karyera yoki oila: Diyora Rahimova Munisa Rizayevaning vaziyatiga munosabat bildirdi

O‘zbekistonlik tadbirkor Diyora Rahimova xonanda Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i unga karyerasini yakunlab, oilaga e’tibor qaratish yoki faoliyatini davom ettirishni taklif qilgani haqidagi yaqindagi bayonotiga munosabat bildirdi.
«Men uning o‘rnida bo‘lganimda, ikkinchi variantni tanlagan bo‘lardim, chunki iste’dod Xudo tomonidan beriladi. Agar senga Xudo tomonidan iste’dod berilgan bo‘lsa-yu, uni axlatga uloqtirsang, bu katta gunoh va jinoyat», – dedi Rahimova Kursiv Uzbekistan bilan «Diora U: shaxsiy tarix» hujjatli serialining yopiq premyerasida bergan intervyusida.
Rahimovaning so‘zlariga ko‘ra, u ham shunday tanlov oldida qolganida o‘z iste’dodini rivojlantirish imkoniyatini saqlab qolishni afzal ko‘rgan bo‘lardi. Tadbirkor, shuningdek, turmush o‘rtog‘ini yonidagi kuchli ayoldan qo‘rqmaydigan inson sifatida tasavvur qilishini ta’kidladi.
Keyinchalik Munisa Rizayeva Kursiv Uzbekistan’ning Instagram sahifasida Rahimovaning fikriga qo‘shilishini bildirdi va 17-sentabr kuni bu mavzu haqida gapirishini aytdi.
Xonanda ijoddan voz kechishga tayyor emas
Avvalroq Munisa Rizayeva Instagram’dagi stories’ida turmush o‘rtog‘i unga karyerasini yakunlab, o‘g‘lini tarbiyalashga e’tibor qaratish va O‘zbekistondan ketishni taklif qilganini ma’lum qilgandi. Biroq xonanda ijoddan voz kechishga tayyor emasligini tan oldi.
Ijodkor turmush qurishidan oldin ham bo‘lajak turmush o‘rtog‘iga agar ular turmush qurishni istasa, O‘zbekistonda yashashlarini aytganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i o‘shanda Rizayevaning bu taklifini qabul qilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jennifer Lopez Munisa Rizayevaga Toshkentdagi iliq kutib olish uchun minnatdorchilik bildirgani haqida yozgan.