Andijonda taqiqni olib tashlab berishni va’da qilgan bank mutaxassisi ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Andijonda taqiqni olib tashlab berishni va’da qilgan bank mutaxassisi ushlandi
Foto: Departament

Andijon viloyatida bank krediti bo‘yicha qarzdor fuqaroning xorijga chiqishiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlab berishni va’da qilgan tijorat banki bosh mutaxassisi ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda tijorat bankining Andijon hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi fuqarodan 5,5 mln so‘m olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

5,5 mln so‘m talab qilingan

Ma’lum qilinishicha, fuqaroning bank krediti bo‘yicha qarzdorligi sababli Majburiy ijro byurosi tomonidan uning xorijga chiqishiga taqiq qo‘yilgan.

Bank mutaxassisi ushbu taqiqni olib tashlab berish evaziga 5,5 mln so‘m olgan vaqtda qo‘lga olingan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Andijonda FVB boshlig‘i o‘rinbosari pora olayotganda ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek