
O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov Butunjahon shaxmat Olimpiadasining beshinchi turida Vengriya vakili, sobiq jahon chempionligi da’vogari Peter Lekoni mag‘lub etdi. Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ushbu g‘alabani O‘zbekiston terma jamoasining turdagi yorqin natijalaridan biri sifatida qayd etdi.
O‘zbekiston Vengriyaga qarshi uchrashuvda barcha to‘rtta partiyada g‘alaba qozonib, raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Sindarov endshpilda ustun keldi
Sindarov ikkinchi taxtada Peter Lekoga qarshi dona surdi. O‘zbekistonlik shaxmatchi to‘ralar ishtirokidagi endshpilda raqibidan ustun kelib, jamoaga muhim ochko keltirdi.
FIDE sharhida O‘zbekistonning mazkur uchrashuvdagi o‘yini yuqori baholangan. Federatsiya muallifi mezbonlar Vengriyaga qarshi «quruq» hisobdagi g‘alaba bilan katta qadam tashlaganini ta’kidladi.
O‘zbekiston barcha taxtalarda g‘alaba qozondi
Birinchi taxtada Nodirbek Abdusattorov Richard Rapportning xatosidan foydalanib, ustunligini g‘alabagacha yetkazdi.
Keyinroq Nodirbek Yoqubboyev qora donalarda Benjamin Gledurani mag‘lub etdi. Sindarov va Shamsiddin Vohidov esa to‘ralar endshpilida raqiblarini yengib, yakuniy hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi.
FIDE O‘zbekiston terma jamoasining bu natijasini «ajoyib jamoaviy chiqish» sifatida baholadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston 5-turdan so‘ng peshqadamlikni qo‘lga olgani haqida yozgan edi.