O‘zbekistonda «Baliqchi kartasi» raqamli tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Baliqchi bileti va QR-ruxsatnoma joriy etiladi
O‘zbekistonda «Baliqchi kartasi» raqamli tizimi joriy etiladi
Rasm: SI / Sapura Temirxanova

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi «Baliqchi kartasi» – Fisherman ID raqamli tizimini yaratish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qilishni boshladi. Takliflar 2026-yil 23-sentabrgacha topshirilishi mumkin.

Yangi tizim baliq ovlash jarayonlarini raqamlashtirish, baliqchilar uchun elektron xizmatlarni yo‘lga qo‘yish va baliq ovlash zonalari bo‘yicha ma’lumotlarni yagona platformaga jamlashni nazarda tutadi.

Baliqchi bileti va QR-ruxsatnoma joriy etiladi

Loyiha doirasida ochiq portal va baliq ovlash zonalari reyestri yaratiladi. Shuningdek, baliqchi bileti, to‘lov tizimi va shaxsiy kabinetni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Foydalanuvchilar baliq ovlash hududlarini bron qilishi va QR-kod orqali ruxsatnoma olishi mumkin bo‘ladi.

Tizimda hamkorlar uchun alohida kabinet, marketplace, billing, analitika hamda administrator va operator modullari ham bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, o‘qing: Akula emas, Siam balig‘i — Farg‘onadagi holat bo‘yicha Ekologiya qo‘mitasi izoh berdi

Mobil ilova ham yaratiladi

Fisherman ID tizimi uchun iOS va Android mobil ilovalari ishlab chiqiladi.

Platformani Payme, Click, kartografik servislar, Telegram Bot API va boshqa zarur xizmatlar bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, axborot xavfsizligi, tizimni buyurtmachi serverlariga o‘rnatish, kompleks testdan o‘tkazish, hujjatlashtirish va foydalanuvchilarni o‘qitish ishlari ham loyiha tarkibiga kiradi.

Tizim uchun 12 oylik kafolatli texnik qo‘llab-quvvatlash ham ko‘zda tutilgan.

Tijorat takliflari 23-sentabrgacha ecotourismhunting@uznature.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda baliq yetishtirish hajmi 500 ming tonnadan oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek