Samsung Galaxy A35 One UI 9.0’ning ikkinchi beta yangilanishini oldi

21-sentabr 2026 16:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy A35 One UI 9.0’ning ikkinchi beta yangilanishini oldi
Foto: Sammobile

Samsung Galaxy A35 smartfoni uchun One UI 9.0 interfeysining ikkinchi beta versiyasini tarqatishni boshladi. Yangilanishdagi asosiy o‘zgarish kamera ishlashining barqarorligini yaxshilashga qaratilgan.

Yangi beta versiya avval Hindiston va Janubiy Koreyadagi foydalanuvchilar uchun taqdim etildi. Yangilanish hajmi 500 MBdan ortiqni tashkil qiladi.

Kamera ishlashi yaxshilandi

SamMobile ma’lumotiga ko‘ra, ikkinchi beta versiya katta funksional o‘zgarishlarni olib kelmaydi. Samsung unda, asosan, Galaxy A35 kamerasining ishlash barqarorligi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etgan.

Hindiston uchun yangilanish A356EXXUBZZI4, Janubiy Koreya uchun esa A356NKSUAZZI4 proshivka raqami bilan tarqatilmoqda.

Yaqin kunlarda beta dasturi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya va AQShda ham yangilanish paydo bo‘lishi mumkin.

Barqaror One UI 9.0 qachon chiqishi mumkin

Samsung Galaxy A35 uchun One UI 9.0’ning birinchi beta versiyasini taxminan ikki hafta avval chiqargan edi.

Ikkinchi beta yangilanishining o‘zgarishlar ro‘yxati qisqa ekani tizimda jiddiy xatolar ko‘p qolmaganini ko‘rsatishi mumkin. SamMobile taxminiga ko‘ra, Galaxy A35 uchun One UI 9.0’ning barqaror versiyasi yaqin bir necha hafta ichida chiqarilishi mumkin.

Samsung o‘tgan haftada Galaxy S26 seriyasi uchun One UI 9.0’ning barqaror versiyasini tarqatishni boshlagan.

Avvalroq «Kursiv» Vivo X500 Pro va X500 Pro Max taqdimotdan oldin rasman ochiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek