Dollar pasaydi: 23-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

23-sentabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 7,63 so‘mga tushib, 11 802.19 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
16-sentabr kuni 9,71 so‘mga oshib, 11 774,92 so‘mga, 17-sentabr kuni 22,54 so‘mga oshib, 11 797,46 so‘mga, 18-sentabr kuni esa 35,91 so‘mga oshib, 11 833,37 so‘mga tenglashdi. 19-sentabr kuni esa 6,22 so‘mga oshib, 11 839,59 so‘m, 22-sentabr kuni 29,77 so‘mga tushib, 11 809,82 so‘m bo‘ldi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar kursi hafta davomida qanday o‘zgardi
Yevro kursida tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 41,81 so‘mga tushib, 13 527,67 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli tushdi. Rubl kursi 0,81 so‘mga pasayib, 139,87 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 22-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.