Benzin narxi «uchmoqda»: AI-92 narxi 21 foizga qimmatlashdi

eʼlon qilindi
Ayrim benzin turlarida savdo bo‘lmagan
Benzin narxi uchmoqda: AI-92 narxi 20 foizga qimmatlashdi
Foto: Pexels

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida 21-sentabr kungi savdolar yakuniga ko‘ra, AI-92 benzinining ayrim turlarida keskin narx o‘zgarishi kuzatildi.

Eng katta o‘sish oddiy A-92 benzinida qayd etildi. Uning bir tonnasi bo‘yicha o‘rtacha narx 15,895 mln so‘mni tashkil etdi. Bu avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 2,745 mln so‘m yoki 20,9% ko‘p.

Eng katta savdo hajmi A-92 K2-L’da bo‘ldi

A-92 K2-L markali benzinning bir tonnasi 13,505 mln so‘mga baholandi. Narx bir kunda atigi 7,4 ming so‘m yoki 0,1% pasaydi.

Shu bilan birga, aynan ushbu tur bo‘yicha savdo faolligi eng yuqori bo‘ldi. Birjaga 3,847 ming tonna mahsulot qo‘yilib, shundan 3,502 ming tonnasi sotildi.

Foto: UZEX

A-92 K2 narxi 1,7% tushdi

A-92 K2 markali benzinning o‘rtacha birja narxi 16,054 mln so‘mni tashkil etdi. Bu avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 272,1 ming so‘m yoki 1,7% past. Mazkur mahsulotdan savdoga 22,1 tonna qo‘yilgan bo‘lsa, 7,4 tonnasi sotilgan.

Ayrim benzin turlarida savdo bo‘lmagan

AI-92 ekologik K4, etillashmagan AI-92, A-92-K4 va A-92-K5 markalari bo‘yicha narx shakllanmagan.

Ushbu mahsulotlar savdoga chiqarilgan bo‘lsa-da, sotilgan hajm ko‘rsatilmagan. Xususan, etillashmagan AI-92’dan 240 tonna, ekologik K4’dan 20 tonna, A-92-K4’dan 15,1 tonna va A-92-K5’dan 5 tonna savdoga qo‘yilgan.

Avvalroq «Kursiv» AQShda dizel narxi tarixda ilk bor 6 dollardan oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek