
Klub sentabr oyida o‘tkazgan barcha besh uchrashuvida g‘alaba qozongan. Shu sababli oyning eng yaxshi futbolchisi uchun bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqilgan, yakunda uch futbolchi ommaviy ovoz berish bosqichiga chiqqan.
Mark Guehi himoyada barqaror o‘yin ko‘rsatdi
Guehi sentabr oyidagi besh uchrashuvning to‘rttasida maydonga tushdi va «Siti»ning uchta bahsda gol o‘tkazmasligiga katta hissa qo‘shdi.
U «Portu»ga qarshi 2:0 hisobidagi g‘alabada, «Koventri Siti»ga qarshi 1:0 hisobidagi uchrashuvda hamda «Manchester Yunayted» ustidan 1:0 hisobidagi derbida ishonchli o‘yin ko‘rsatdi.
Elliot Anderson yarim himoyada ajralib turdi
Anderson qisqa vaqt ichida «Manchester Siti» yarim himoyasining muhim futbolchilaridan biriga aylandi.
U ayniqsa «Old Trafford»dagi Manchester derbisida faol o‘yin namoyish etdi. Shuningdek, «Koventri» va «Portu»ga qarshi uchrashuvlarda ham yuqori saviyada harakat qildi.
Holand sentabrdagi barcha o‘yinlarda gol urdi

Holand sentabr oyida maydonga tushgan to‘rtta uchrashuvning barchasida gol urdi.
U «Koventri»ga qarshi bahsda g‘alaba golini kiritdi. «Portu»ga qarshi safar uchrashuvida esa dubl qayd etdi.
Norvegiyalik hujumchi «Manchester Yunayted»ga qarshi 199-Manchester derbisida ham uchrashuv taqdirini hal qilgan gol muallifi bo‘ldi. «Sanderlend»ga qarshi 5:3 hisobida yakunlangan bahsda esa jamoasining beshinchi golini urdi.
Ovoz berish 25-sentabrda yakunlanadi
«Manchester Siti» muxlislari oyning eng yaxshi futbolchisini klubning rasmiy platformasi orqali tanlashi mumkin. Ovoz berish 25-sentabr kuni Buyuk Britaniya vaqti bilan soat 15:00 da yakunlanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» mag‘lubiyatdan so‘ng Abduqodir Husanov borasida qarorini e’lon qilgani haqida yozgan edi.