Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik uchun maxsus portal ishga tushiriladi

eʼlon qilindi
2026-yil 1-dekabrgacha ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik bo‘yicha maxsus portal ishga tushiriladi
Safarbarlik davridagi fuqarolarning ish joyi saqlanishi kafolatlanadi
Foto: Facebook

2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining axborot tizimlarida «Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti» portali yaratiladi. Bu Prezidentning 21-sentabrdagi 345-son qarorida belgilangan.

Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari portal orqali tazyiq yoki zo‘ravonlik holatlari yuzasidan murojaat yuborishi mumkin. Agar murojaat portal uchun mas’ul xodim, uning bevosita rahbari yoki mansabdor shaxsga tegishli bo‘lsa, u avtomatik ravishda yuqori turuvchi tashkilotga yo‘naltiriladi. Murojaatlarni tekshirish, dalillarni to‘plash va xulosa tayyorlash ham portal orqali amalga oshiriladi.

Tekshiruv natijalari hamda ko‘rilgan choralar haqidagi ma’lumotlarni yo‘q qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar holatda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari aniqlansa, murojaat «112» yagona dispetcherlik xizmati orqali vakolatli organga yuboriladi.

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish, ya’ni «dekret» nafaqasi hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik – «kasallik» nafaqasini tayinlash tartibi yangilandi

Dastur boshqa tashkilotlarda ham joriy etiladi

Dastur davlat organlari va tashkilotlari, davlat ulushi kamida 50% bo‘lgan kompaniyalar, shuningdek boshqa korxona va muassasalarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Agentlik portal orqali qoidalarga rioya etilishini kuzatadi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy taqdimnomalar kiritishi mumkin.

Avvalroq Kursiv tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar hamda bolalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi kengaytirilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek