Viktor Gryaznov Yandex Adsʼning Markaziy Osiyodagi direktori etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Yandex Adsʼning Markaziy Osiyodagi faoliyatiga rahbarlik qilgan Madina Seysengaliyeva kompaniyani tark etdi
Foto: Yandex

Yangi lavozimida Viktor Gryaznov Yandex Adsʼning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ekspertizasini birlashtiradi. U jamoalar bilan birgalikda hamkorlar biznesiga Yandex texnologiyalari va servislar ekotizimi — Qidiruv va Directʼdan tortib, Xaritalar, shahar va koʻngilochar servislarigacha boʻlgan imkoniyatlar yordamida oʻsishda koʻmaklashishda davom etadi. Avval Yandex Adsʼning Markaziy Osiyodagi faoliyatiga rahbarlik qilgan Madina Seysengaliyeva kompaniyani tark etdi.

Jamoaning ustuvor vazifalaridan biri turli mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun imkoniyatlarni rivojlantirish boʻladi. Yandex Ads yordamida ular butun dunyo boʻylab 168 milliondan ortiq foydalanuvchiga, shuningdek, ilgʻor tavsiya tizimlari va reklama texnologiyalariga kirish imkoniga ega boʻladi. Biznes bir nechta bozorda mahalliy xususiyatlar va mijozlar ehtiyojlarini hisobga olgan holda yagona reklama strategiyalarini sinab koʻrishi, ishga tushirishi va kengaytirishi mumkin boʻladi.

«Biz Markaziy Osiyoda minglab reklama beruvchilar va yuzlab agentliklar bilan ishlaymiz. Har bir biznesning oʻz vazifalari bor: kimdir oʻz shahrida koʻproq mijoz topishni istasa, boshqasi yangi bozorga chiqish va oʻz ulushini oshirishni maqsad qiladi. Biz uchun hamkorlarning biznes vazifalarini chuqur tushunish va ular bilan birgalikda oʻsishga yordam beradigan reklama strategiyalarini yaratish muhim.

Har oy faqat Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda ekotizimimiz servislaridan 22 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Ular maʼlumot izlaydi, mahsulot tanlaydi, yoʻnalish tuzadi, taksi va ovqat buyurtma qiladi, kino tomosha qiladi va musiqa tinglaydi. Biz hamkorlarga oʻz auditoriyasini topish va kundalik vaziyatlarda uzoq muddatli kommunikatsiyani yoʻlga qoʻyishga yordam beramiz, natijada ularning biznesi oʻsadi, foydalanuvchilarimiz esa yanada yaxshi tajribaga ega boʻladi», — deydi Yandex Adsʼning Markaziy Osiyodagi direktori Viktor Gryaznov.

Viktor Gryaznov reklama bozorida 10 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritib kelmoqda, 2018-yildan buyon esa Yandex Adsʼda ishlaydi. Shu vaqt ichida u oddiy menejerdan asosiy mijozlar bilan ishlash yoʻnalishlari rahbarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi, soʻnggi bir yarim yil davomida esa butun dunyo boʻylab shahar servislarida reklama beruvchilar uchun imkoniyatlarni rivojlantirdi.

Yandex Ads reklama tizimlari turli mamlakatlardagi 600 mingdan ortiq reklama beruvchiga auditoriyasini kengaytirish va savdoni oshirishga yordam beradi. Kompaniya texnologiyalari biznesga mijozlarni topish va ular uchun takliflarni shaxsiylashtirish imkonini beradi. Yandex Ads reklamalarini joylashtirish orqali 90 mingdan ortiq sayt egalari, mobil oʻyinlar va ilovalar ishlab chiquvchilari daromad oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yandex Ads’dagi reklama biznesga asosiy xarajatlarni hisobga olgan holda foydani oshirishga yordam berishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek