Xiaomi 18 Pro va 18 Pro Max ikkita 200 MP kameraga ega bo‘ladi

22-sentabr 2026 08:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Xiaomi 18 Pro va 18 Pro Max ikkita 200 MP kameraga ega bo‘ladi
Foto: GSMArena

Xiaomi 23-sentabr kuni taqdim etiladigan Xiaomi 18 Pro va Xiaomi 18 Pro Max flagman smartfonlarining kamera xususiyatlarini oshkor qildi. Qurilmalar yangi Leica kamera tizimini oladi va unda ikkita 200 megapikselli modul qo‘llanadi.

Asosiy kamerada yirik sensor ishlatiladi

Xiaomi ma’lumotlariga ko‘ra, asosiy kamerada 1/1,28 dyuymli optik formatdagi sensor o‘rnatiladi.

Periskopli telefoto modul esa 1/1,56 dyuymli sensor bilan jihozlanadi. U optik zum imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu kamera tizimi Xiaomi 18 Pro va Xiaomi 18 Pro Max’ning har ikkala modelida ham qo‘llanadi.

Kompaniya yangi flagmanlarda kameralar oldingi avlodga nisbatan sezilarli darajada yangilanishini ta’kidlamoqda.

2 nanometrli platforma va yangi ekran

Avvalroq Xiaomi 18 Pro seriyasi 2 nanometrli platformaga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berilgandi.

Smartfonlarga yangi avlod SuperPixel displeylari o‘rnatilishi kutilmoqda. Ekranlar Smart Privacy Screen funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu texnologiya ekrandagi ma’lumotlarni yon tomondan ko‘rishni cheklashga xizmat qiladi.

Displey atrofidagi ramka qalinligi esa atigi 0,99 mm bo‘lishi aytilmoqda.

Xiaomi 18 Pro Max 8500 mA/soat batareya oladi

Kompaniya smartfonlarning batareya sig‘imini ham tasdiqlagan. Xiaomi 18 Pro 7000 mA·soat, Xiaomi 18 Pro Max esa 8500 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi.

Bu ko‘rsatkichlar yangi modellarda avtonom ishlash vaqtini oshirishga qaratilgan asosiy yangilanishlardan biri bo‘lishi kutilmoqda.

Yangi flagmanlar qimmatroq bo‘ladi

Xiaomi prezidenti Lu Veybing Xiaomi 18 Pro seriyasi avvalgi avlodga nisbatan qimmatroq bo‘lishini tasdiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, narxlar oshishiga qaramay, xaridorlar yangi smartfonlarning qiymatini «maqbul» deb baholashi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Xiaomi 18 Pro va 18 Pro Max taqdimotdan oldin namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek