15 mlrd so‘mlik sun’iy intellekt markazi tashkil etildi

eʼlon qilindi
Markazda dasturlash va robototexnika o‘rgatiladi
15 mlrd so‘mlik sun’iy intellekt markazi tashkil etildi
Foto: prezident matbuot xizmati

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida yoshlar uchun Sun’iy intellekt markazi ish boshladi. Loyiha qiymati 15 mlrd so‘mni tashkil etib, uning doirasida 100 ta ish o‘rni yaratilgan.

Markazda dasturlash va robototexnika o‘rgatiladi

Markaz «Akademiya IT Star» korxonasi tomonidan tashkil qilingan. Bu yerda yoshlar marketing, dasturlash va robototexnika yo‘nalishlarida ta’lim oladi.

Ta’lim jarayonida olingan bilimlarni amaliy loyihalarda qo‘llashga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Markazning asosiy maqsadlaridan biri qishloq va tuman yoshlariga boshqa hududlarga bormasdan turib zamonaviy IT kasblarini egallash imkonini yaratishdan iborat.

500 dan ziyod tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatildi

Markaz xizmatlaridan mahalliy tadbirkorlar ham foydalanmoqda. Ularga sun’iy intellekt asosida biznesni rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar hamda IT xizmatlari ko‘rsatiladi.

Hozirga qadar 500 dan ortiq tadbirkorlik subyektlariga jami 8,5 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan.

IT mutaxassislariga talab 129 ming nafardan oshgan

Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon viloyatidagi 65 mingta tadbirkorlik subyekti uchun SMM-menejer, mobilograf, grafik dizayner, marketolog, ma’lumotlar tahlilchisi va sun’iy intellekt mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyoj 129 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda.

Markazdagi ta’lim dasturlari ham aynan shu talabdan kelib chiqib shakllantirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Baliqchida yiliga 500 ming dona sport anjomi ishlab chiqarilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek