AI-92 benzini 17,5% arzonlashdi, dizel esa 10% qimmatlashdi

O‘zbekiston tovar-xom ashyo birjasida 22-sentabr kungi savdolar yakuniga ko‘ra, oddiy AI-92 benzinining o‘rtacha narxi bir kunda 17,5 foizga pasaydi. Shu kuni ayrim dizel yonilg‘isi turlarida aksincha o‘sish kuzatilib, asosiy dizel narxi 10 foizga qimmatlashdi.
Birja ma’lumotlariga ko‘ra, oddiy AI-92 benzinining bir tonnasi 13,112 mln so‘mga tushdi. Bir kun avval uning o‘rtacha narxi 15,895 mln so‘mni tashkil etgan edi.
AI-92 bir kunda 2,78 mln so‘mga arzonlashdi

22-sentabr kuni oddiy A-92 benzinining narxi avvalgi savdolarga nisbatan 2,783 mln so‘m yoki 17,5% ga kamaydi. Savdoga 65 tonna mahsulot qo‘yilib, shundan 55 tonnasi sotildi.
Bir kun avval, 21-sentabrda ushbu benzin narxi aksincha 20,9 foizga oshib, bir tonnasi 15,895 mln so‘mga yetgan edi. Shunday qilib, keyingi savdo kunida narxning katta qismi qayta pasaydi.
Eng katta savdo hajmi A-92 K2-L’da bo‘ldi
A-92 K2-L markali benzin narxi esa 0,3 foizga oshdi. Uning bir tonnasi 13,5436 mln so‘mga baholandi.
Mazkur benzin turidan 3,9 ming tonnadan ortiq mahsulot savdoga qo‘yilib, 3,499 ming tonnaga yaqini sotildi.
A-92 K2, AI-92 ekologik K4, etillashmagan AI-92, A-92-K4 va A-92 K5-L bo‘yicha esa 22-sentabr kuni narx shakllanmadi.
Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonda yetti oyda qancha benzin ishlab chiqarildi.
Dizel yonilg‘isi 10% qimmatlashdi

Shu kuni oddiy dizel yonilg‘isining bir tonnasi 18,183 mln so‘mni tashkil etdi. Narx bir savdo kunida 1,65 mln so‘m yoki 10 foizga oshdi. Jami 187,2 tonna mahsulot sotildi.
Yevro L-K-4 dizelining narxi 0,7 foizga oshib, 17,467 mln so‘mni tashkil etdi. Ushbu turdan 1,274 ming tonnaga yaqin mahsulot sotildi.
Sintetik Yevro-GTL-A dizeli 1,7 foizga qimmatlab, 16,316 mln so‘mga, EKO dizeli esa 0,6 foizga oshib, 16,297 mln so‘mga yetdi.
Ayrim dizel turlarida narx pasaydi
Barcha dizel turlarida ham o‘sish kuzatilmadi. Xususan, EKO-3-1-0 markali dizel yonilg‘isi narxi 4,8 foizga yoki 840,3 ming so‘mga pasayib, bir tonnasi 16,799 mln so‘mni tashkil etdi.
Yevro-L III K-5 dizelining narxi esa o‘zgarmay, bir tonna uchun 18,388 mln so‘m darajasida qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda dizel narxi tarixda ilk bor 6 dollardan oshgani haqida xabar berilgandi. Amerika avtomobil assotsiatsiyasi (AAA) ma’lumotiga ko‘ra, 11-sentabr holatida mamlakat bo‘yicha dizelning o‘rtacha narxi $6,0556 ni tashkil etdi. Bir yil avval bu ko‘rsatkich $3,71 atrofida bo‘lgan.