Oltinko‘lda paxta hosildorligi ikki baravarga oshiriladi

eʼlon qilindi
23 gektarda yangi usul qo‘llanmoqda
Oltinko‘lda paxta hosildorligi ikki baravarga oshiriladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida Shinjon texnologiyasi asosida paxta yetishtirish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu usul an’anaviy ekishga nisbatan hosildorlikni qariyb ikki baravar oshirish, suv va o‘g‘it sarfini kamaytirish imkonini bermoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev «Agroklaster Oltinko‘l» korxonasida mazkur texnologiya asosida paxta yetishtirish jarayoni bilan tanishdi.

23 gektarda yangi usul qo‘llanmoqda

«Agroklaster Oltinko‘l» korxonasining umumiy ekin maydoni 850 gektarni tashkil etadi. Shundan 23 gektarida Shinjon usuli asosida paxta yetishtirilmoqda.

Mazkur texnologiyada chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekiladi. Bu tuproq namligi va haroratini barqaror saqlashga, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi.

Foto: prezident matbuot xizmati

Suv 40 foizgacha tejaladi

Paxta tomchilatib sug‘orish va oziqlantirish tizimi orqali parvarishlanadi. Suv va o‘g‘it bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi.

Natijada suv sarfi 40 foizgacha, o‘g‘it sarfi esa qariyb 30 foizgacha kamayishi qayd etilgan.

Hosildorlik 60 – 70 sentnerga yetadi

An’anaviy usulda bir gektar maydondan o‘rtacha 30 – 35 sentner paxta olinadi.

Shinjon texnologiyasida esa ushbu ko‘rsatkich 60 – 70 sentnerga yetishi mumkin.

Plyonka ostida hosil bo‘ladigan mikroiqlim sabab paxtani an’anaviy maydonlarga nisbatan 10 – 15 kun ertaroq yig‘ib olish imkoniyati ham mavjud.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda 9,4 mlrd dollarlik 206 ta loyiha ishga tushirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek