O‘zbekistonda 23-sentabr kuni havo 37 darajagacha isiydi

23-sentabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Janubiy viloyatlarda havo harorati 37 darajagacha ko‘tariladi, tog‘li hududlarda esa qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkentda 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esadigan shamol tezligi 3–8 m/s ni tashkil etadi.
Harorat kechasi 16–18 daraja, kunduzi esa 30–32 daraja atrofida bo‘ladi.
Hududlarda qanday ob-havo kutilmoqda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 12–17 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo yog‘ingarchiliksiz kechadi. Kechasi harorat 13–18 daraja, kunduzi 30–35 darajaga yetadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kun eng issiq bo‘lishi kutilmoqda. Bu hududlarda harorat kechasi 15–20 daraja, kunduzi esa 32–37 darajagacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13–18 daraja, kunduzi 27–32 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5–10 m/s ni tashkil etadi.
Tog‘larda yomg‘ir yog‘ishi mumkin
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi esa 20–25 daraja bo‘ladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 22-sentabr kuni O‘zbekistonda havo qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.