Tadbirkorlar uchun soliq va kredit bo‘yicha yangi yordam tizimi joriy etiladi

eʼlon qilindi
Daromadi yoki ish o‘rni kamaygan korxonaga mahalla soliqchisi borib, muammoni joyida o‘rganadi
Kichik tadbirkorlikni tekshirishga 3 yilga moratoriy e’lon qilindi
Foto: depositphotos.com

Endilikda soliq idoralari tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va ish o‘rinlarini saqlab qolishga ko‘maklashadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Daromadi yoki ish o‘rni kamaygan korxonaga mahalla soliqchisi borib, muammoning sababini o‘rganadi. U hokim yordamchisi va mahalla bankiri bilan birga biznesga qanday yordam kerakligini aniqlaydi.

Zaruratga qarab soliq to‘lovini kechiktirish, kredit muddatini uzaytirish, aylanma mablag‘ ajratish, bozor topish yoki eksportga chiqishga ko‘maklashish bo‘yicha tuman shtabiga taklif kiritiladi.

Har bir biznesning holati alohida baholanadi

Mahalla soliqchisi tomonida har bir biznesning holatini alohida o‘rganadi. Korxonaning daromadga kirish muddati va faoliyat xususiyati ham hisobga olinadi. Yoshlar bandligi mahalla soliqchilari faoliyatini baholash va ularga haq to‘lashdagi samaradorlik mezonlaridan biri bo‘ladi.

«Biznes himoya» QR-kodi tizimi doirasida nazorat jarayonlari raqamlashtiriladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

Shuningdek, yig‘ilishda viloyatda ayrim korxonalar aylanmasi va ish o‘rinlari kamaygani, bir qator biznes subyektlari esa faoliyatini tugatgani qayd etildi.

Avvalroq Kursiv fermer va klasterlarga har tonna uchun 500 ming so‘m berilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek