Toshkentda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Toshkentda noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi
Foto: Departament

Toshkent shahrida dori vositalarini dorixonadan tashqarida noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

170 quti dori 144,5 mln so‘mga sotilayotgan edi

Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda shaxs 170 quti «Rocuronium Rompharm» nomli dori vositasini dorixonadan tashqarida 144,5 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlandi.

Yana 230 quti dori ashyoviy dalil sifatida olindi

Tezkor tadbir davomida undan umumiy qiymati 108,4 mln so‘mlik yana 230 quti dori vositasi ham olindi. Ular ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-12-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Namangan va Farg‘onada firibgarlik holatlari aniqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek