Audi A6 Sportback avtomobili Ginnes rekordini o‘rnatdi

28-sentabr 2026 08:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Audi A6 Sportback avtomobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Foto: Audi/ Autonews

Audi A6 Sportback e-tron elektromobili bir marta quvvatlanib 1 338 km masofani bosib o‘tib, yangi Ginnes rekordini o‘rnatdi. Avtomobilni Yevropa ralli chempioni Miko Marchik boshqargan. Rekord yurishda o‘rtacha energiya sarfi har 100 km uchun 7,09 kVt/soatni tashkil etdi.

Natija rasmiy ko‘rsatkichdan 72 foiz yuqori bo‘ldi

Audi A6 Sportback e-tron’ning rasmiy yurish zaxirasi versiyasiga qarab WLTP sikli bo‘yicha 681 km dan 776 km gacha etadi. Rekord davomida avtomobil maksimal rasmiy ko‘rsatkichdan qariyb 72 foiz ko‘proq masofani bosib o‘tdi.

Suningdek, o‘qing: Mazda CX-6e avtomobili yangilandi — narx, foto

Rekord oddiy yo‘llarda o‘rnatildi

Foto: Audi

Sinov maxsus poligonda emas, Polshaning umumiy foydalanishdagi yo‘llarida o‘tkazilgan. Marshrut Zakopane shahridan boshlanib, Krakov, Varshava, Torun va boshqa shaharlardan o‘tgan. Keyin avtomobil Boltiq dengizi bo‘yidagi Hel shahrigacha yetib borgan va ortga qaytgan. Marchikning aytishicha, yo‘lning bir qismi zich shahar tirbandligiga to‘g‘ri kelgan.

Avtomobil 362 ot kuchiga ega edi

Rekord yurishda orqa g‘ildirakdan tortuvchi Audi A6 Sportback e-tron Performance versiyasi qatnashgan. U bitta elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, quvvati 362 ot kuchi, aylantiruvchi momenti esa 565 Nm ni tashkil etadi.

Seriyali model 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada chiqadi va maksimal 210 km/soat tezlikka erisha oladi.

Suningdek, o‘qing: Yangi Honda CR-V qachon ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

Audi Lucid rekordini yangiladi

Avvalgi rekord Lucid Air Grand Touring modeliga tegishli edi. U 2025-yilda bir marta quvvatlanib 1 205 km yo‘l bosgan. Audi yangi natija bilan bu ko‘rsatkichni 133 km ga yaxshiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri MG 07 Wagon avtomobili qanday imkoniyatlar bilan chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek