Chevrolet Tahoe 2027 bo‘yicha yangi ma’lumotlar chiqdi

eʼlon qilindi
Chevrolet Tahoe 2027 bo‘yicha yangi ma’lumotlar chiqdi
Foto: Edmunds

Chevrolet 2027-yilgi Chevrolet Tahoe uchun jami 20 xil g‘ildirak diski variantini taklif qiladi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda. Ularning o‘lchami 18, 20, 22 va 24 dyuymni tashkil etadi.

LS va LT 18 dyuymli disk bilan chiqadi

LS va LT versiyalarida 18 dyuymli Bright Silver alyuminiy disk standart hisoblanadi. Mazkur ikki komplektatsiya uchun 20 dyuymli Charcoal bezakli disklar ham qo‘shimcha opsiya sifatida taklif etiladi. Ularning narxi $1,100.

Shuningdek, LS va LT uchun bir nechta 22 dyuymli disk variantlarini ham tanlash mumkin.

Z71 20 dyuymli disk oladi

Z71 komplektatsiyasi standart ravishda 20 dyuymli Technical Gray rangli, yorqin ishlov berilgan alyuminiy disklar bilan jihozlanadi.

Qo‘shimcha tarzda High Gloss Black uslubidagi 20 dyuymli agressiv dizayndagi disklarni $300 ga tanlash mumkin.

Foto: GMAutority

RST 22 dyuymli disk bilan jihozlanadi

RST versiyasida 22 dyuymli High Gloss Black disk standart bo‘ladi. Qo‘shimcha variantlar orasida 22 dyuymli sayqallangan disklar $625, Carbon Flash Metallic dizayndagi disklar esa $525 turadi.

RST uchun 24 dyuymli disklar ham mavjud. Masalan, Carbon Flash Metallic bezakli variant $2,225, qora 24 dyuymli disk esa $4 ming turadi.

Premier uchun 22 dyuymli variantlar ko‘p

Premier standart ravishda 20 dyuymli sayqallangan alyuminiy disklar bilan chiqadi. 22 dyuymli Manoogian Silver disklar uchun $1,525, ayrim boshqa 22 dyuymli variantlar uchun esa $3,100 – $3,750 gacha qo‘shimcha to‘lov talab etiladi.

High Country 24 dyuymli disk ham olishi mumkin

Foto: GMAutority

High Country versiyasida standart disk o‘lchami 22 dyuym. Qo‘shimcha ravishda 24 dyuymli High Gloss Black bezakli disklarni $2,225 ga tanlash mumkin.

24 dyuymli qora disk $4 ming, Bright Chrome PVD varianti esa $4,650 turadi.

Tahoe uch xil dvigatel bilan taklif etiladi

2027-yilgi Chevrolet Tahoe uchta dvigatel varianti bilan sotuvda qoladi: 5,3 litrli V8 benzin dvigateli, 6,2 litrli V8 benzin dvigateli va 3,0 litrli olti silindrli Duramax turbodizel.

Model GM T1 platformasida ishlab chiqariladi. Chevrolet Tahoe’ning yig‘ilishi AQShning Texas shtatidagi Arlington zavodida davom ettiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Chevrolet Tahoe 2027 qanday ranglarda chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek