Sindarov trendda, Alisher Qodirov o‘lim jazosini joriy etishni qo‘llab-quvvatladi — 28-sentabr kuni e’lon qilingan yangiliklar

Sindarov trendda, Alisher Qodirov o‘lim jazosini joriy etishni qo‘llab-quvvatladi — 28-sentabr kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.
Alisher Qodirov o‘lim jazosini joriy etishni qo‘llab-quvvatladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov ayrim og‘ir jinoyatlar, xususan bola qotillari va pedofillarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanishi kerak, degan fikrni bildirdi.
Qodirov Namangandagi 5 yoshli qiz bilan bog‘liq voqeaga munosabatida ayrim toifadagi jinoyatchilarni umrbod jamiyatdan ajratib qo‘yishning o‘zi yetarli emas, deb hisoblashini yozgan.
Belarus O‘zbekiston fuqarolari uchun yuzlab ish o‘rinlarini taklif qilmoqda

Belarusdagi yirik korxona va tashkilotlar O‘zbekiston fuqarolari uchun yuzlab bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.
Vakansiyalar qurilish, qishloq xo‘jaligi, haydovchilik, o‘rmon xo‘jaligi, chorvachilik, veterinariya, payvandlash va metallni qayta ishlash yo‘nalishlarini qamrab oladi.
Javohir Sindarov Samarqanddagi olimpiadadan qancha pul ishlab topdi

O‘zbekiston terma jamoasi Samarqandda o‘tgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Jamoa tarkibida ishtirok etgan Javohir Sindarov ushbu natija uchun $200 ming miqdorida bir martalik davlat mukofotiga ega bo‘ladi. Bu haqda 21-sentabrda qabul qilingan Prezidentning PQ–346-son qarorida so‘z boradi.
O‘zbekiston 27-sentabr kuni olimpiadaning so‘nggi turida Ukrainani 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, ochiq turnir g‘olibiga aylandi. Bu O‘zbekiston terma jamoasining Butunjahon shaxmat olimpiadalaridagi ikkinchi chempionligi bo‘ldi. Birinchi oltin medal 2022-yilda Chennayda qo‘lga kiritilgan edi.
O‘zbekistonda Amir Temur nomidagi davlat stipendiyasi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda Amir Temur nomidagi yangi davlat stipendiyasini joriy etish rejalashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasiga ko‘ra, stipendiya sohiblari bakalavriatni tugatgach, bir yil ichida magistraturaga tanlovsiz va qo‘shimcha davlat granti asosida qabul qilinishi mumkin.
Pensiya hisoblash tartibi o‘zgarsa, pensiya miqdori qanday bo‘ladi

Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasida pensiyani hisoblashda inobatga olinadigan ish haqi davrini amaldagi besh yildan bosqichma-bosqich 20 yilgacha uzaytirish taklif etilmoqda.
Shuningdek, o‘qing: 58-63 yoshgacha ishlash: pensiya islohoti nimani o‘zgartiradi
Pensiya jamg‘armasi direktor o‘rinbosari Nuriddin Shadixodjayevning aytishicha, amaldagi va taklif etilayotgan tartib bo‘yicha pensiya miqdorlari real fuqarolar misolida solishtirilgan. Bu haqda pensiya tizimidagi taklif etilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida qatnashgan Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.
Tailand vizasini qanday olish mumkin: Kerakli hujjatlar va to‘lovlar

Tailandga turistik maqsadda borishni rejalashtirayotgan xorijliklar mamlakatga kirish uchun turist vizasini rasmiylashtirishi mumkin. Bir martalik viza uchun konsullik yig‘imi 40 dollar, ko‘p martalik viza uchun esa 200 dollar etib belgilangan. Bu haqda Tailandning konsullik xizmatlari ma’lumotlarida keltirilgan.
BMTning navbatdagi jinoyatchilik kongressi O‘zbekistonda o‘tadi

Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha BMTning navbatdagi kongressi 2031-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha BMTning navbatdagi kongressi 2031-yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Jizzaxda tosh davridan qolgan binolar topildi
Jizzax viloyatining Zomin va Sharof Rashidov tumanlarida olib borilgan arxeologik-qidiruv ishlari davomida tosh davriga oid yangi makonlar hamda 30 ga yaqin qoyatosh tasviri aniqlandi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Ohangarondagi bog‘chada bola hasharotlarga qarshi vositadan zaharlanib vafot etdi
Toshkent viloyatining Ohangaron shahridagi 6-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 2026-yil 28-avgust kuni 2023-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi ishlatiladigan vositani ichib qo‘ygan. Bola shifoxonaga olib borilgan, biroq shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmagan. Bu haqda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.