30-sentabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi
Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin, Toshkentda havo 21–23 daraja iliq bo‘ladi
30-sentabr kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi
Foto: Pexels

30-sentabr kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Tog‘li joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi, baland tog‘larda esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin.

Toshkentda yomg‘ir yog‘adi

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib, 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13–15 daraja, kunduzi esa 21–23 daraja iliq bo‘ladi.

Qaysi hududlarda yomg‘ir kutilmoqda

Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 8–13 daraja, kunduzi 22–27 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 21–26 darajani tashkil etadi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Bu hududlarda havo kunduzi 27–32 darajagacha isiydi.

Ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 7–12 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10–15 daraja, kunduzi 21–26 daraja bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Tog‘larda qor yog‘ishi mumkin

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Baland tog‘larda yog‘ingarchilik qorga aylanishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja bo‘ladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri oktabrda harorat 2 daraja sovuqqacha tushishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek