Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti joriy etiladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ilk mukofot kelasi yil topshiriladi
Foto: prezident matbuot xizmati

30-sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchilar bilan uchrashuvda ta’limning barcha bo‘g‘inlarida faoliyat yuritayotgan ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun jadid Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qildi.

Uning ilk sohiblarini 2027-yilgi «1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni» arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, Prezident ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Mukofotlar pedagoglar bilan birga ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlarga ham topshirildi.

«O‘qituvchi — ma’rifat quyoshi»

Davlat rahbari barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabriklab, o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi o‘rniga alohida to‘xtaldi.

«O‘qituvchi — mehr daryosi, o‘qituvchi — ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi — ma’rifat quyoshi!» – dedi prezident.

Shuningdek, u Imom Buxoriy, Beruniy, Amir Temur va Alisher Navoiy kabi buyuk siymolar kamolotida ularning ustozlari katta o‘rin tutganini qayd etdi va pedagoglarni «odamiylik bog‘ining bog‘bonlari» deb atadi.

Uchrashuvda sun’iy intellektning ta’limdagi imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Prezident texnologiyalar matn yozishi, dastur yaratishi va ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkinligini, biroq bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topa olmasligini ta’kidladi.

«Ishoning, men ularni ko‘ksingizga taqib, sizlardan ham ko‘proq xursand bo‘lyapman», – dedi Shavkat Mirziyoyev mukofotlangan ustozlarni tabriklar ekan.

Avvalroq Mirziyoyev ta’lim tizimidagi islohotlarning eng katta natijalaridan biri sifatida bolalar va o‘qituvchilarni paxta dalasidan ta’lim jarayoniga qaytarilganini ta’kidlagandi.

Shuningdek