Farg‘onada 2 mln so‘m olgan suv ta’minoti xodimiga ish ochildi

eʼlon qilindi
Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda
Farg‘onada 2 mln so‘m olgan suv ta’minoti xodimiga ish ochildi
Foto: Departament

Farg‘ona viloyatida tadbirkordan 2 mln so‘m olgan «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ xodimiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Dalolatnomani yo‘q qilishni va’da qilgan

Departamentning Furqat tumani bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Furqat tumani bo‘limi xodimi bilan bog‘liq holat aniqlangan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xodim MChJ hududidagi sexda 8,4 mln so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalanilganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilganini aytgan.

U fuqaroga 2 mln so‘m bersa, ushbu dalolatnomani yo‘q qilib berishini va’da qilgan.

2 mln so‘m qaytarildi

Departament ma’lumotiga ko‘ra, u 2 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Keyinchalik ushbu mablag‘ning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan. U avval ham sudlangan bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi – firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Nukusda bog‘cha rahbari va o‘rinbosari 20 mln so‘m pora bilan ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek