Honor Magic 9 Pro Max xalqaro bozorda sotuvga chiqdi

30-sentabr 2026 08:40 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Honor Magic 9 Pro Max xalqaro bozorda sotuvga chiqdi
Foto: Honor

Honor’ning yangi Magic 9 Pro Max smartfoni global taqdimotdan oldin xalqaro xaridorlar uchun sotuvga chiqdi. Qurilmani ko‘plab mamlakatlarga yetkazib berish mumkin, boshlang‘ich narxi esa $1,2 mingni tashkil etadi.

Rossiya hozircha yetkazib beriladigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilmagan.

6,8 dyuymli OLED-ekran

Honor Magic 9 Pro Max 6,8 dyuymli tekis OLED-displey bilan jihozlangan. Ekran 1320 × 2868 piksel aniqlikka ega. Panel 1,07 mlrd rangni, DCI-P3 rang qamrovini va HDR’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Maksimal yorqinlik 5000 nitgacha yetadi.

LTPO texnologiyasi tufayli ekran yangilanish chastotasi 1 dan 120 Hzgacha avtomatik o‘zgaradi.

IP69K himoyasi bor

Smartfon korpusi IP68, IP69 va IP69K standartlariga mos. Bu qurilmaning chang, suv va yuqori bosimli suv oqimiga nisbatan kuchliroq himoyaga ega ekanini anglatadi.

Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 o‘rnatilgan

Qurilma Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 chipida ishlaydi. Grafik tizim sifatida Adreno 850 ishlatilgan.

Smartfon 12 yoki 16 Gb tezkor LPDDR5X xotira bilan taklif qilinadi. Ichki xotira hajmi 256 Gb, 512 Gb yoki 1 Tb bo‘lishi mumkin. Xotira kartasi uchun alohida joy ko‘zda tutilmagan.

Ikkita 200 Mp kamera

Honor Magic 9 Pro Max kamerasida bir vaqtning o‘zida ikkita 200 Mp modul ishlatilgan.

Asosiy kamera 1/1,28 dyuymli sensor va optik stabilizatsiyaga ega. Ikkinchi 200 Mp modul esa periskop telefoto kamera bo‘lib, 1/1,4 dyuymli sensor va 3,5 karra optik yaqinlashtirishni taklif qiladi.

Shuningdek, 50 Mp ultra keng burchakli kamera va 55 Mp old kamera mavjud.

500 mm teleobyektiv va kuchli stabilizatsiya

Model mobil fotografiyaga katta urg‘u bilan yaratilgan. Telefoto tizimi uzoq masofadagi obyektlarni, jumladan, qushlarni suratga olishga mo‘ljallangan.

Smartfonda 500 mm ekvivalent teleobyektiv hamda CIPA 8.0 darajasidagi stabilizatsiya tizimi qo‘llanadi.

8800 mA/soat akkumulyator

Honor Magic 9 Pro Max 8800 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Qurilma 100 Vt simli va 80 Vt simsiz tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Honor Win2 smartfoni qanday batareyada chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek