Migratsiya agentligi Yaponiyada ishlash uchun haydovchilarga bepul kurs taklif qilmoqda

eʼlon qilindi
Dasturga 21 – 35 yoshdagi, B va C toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega nomzodlar qabul qilinadi
Yaponiyada ishlashni istagan ayollar uchun bepul grant dasturi e’lon qilindi
Foto: Chapman Freeborn

Migratsiya agentligi va «Proud Partners» kompaniyasi Yaponiyada haydovchi bo‘lib ishlash istagidagi o‘zbekistonliklar uchun navbatdagi bepul tayyorlov dasturiga qabul boshladi.

Nomzodlar 21 – 35 yoshda bo‘lishi, B va C toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi va C toifadagi guvohnomani kamida ikki yil oldin olgan bo‘lishi kerak. Yapon tilini biladiganlarga ustunlik beriladi.

Tayyorlov kursi sakkiz oygacha davom etadi

Dastur doirasida ishtirokchilar yapon tili va haydovchilik sohasi bo‘yicha sakkiz oygacha bepul intensiv tayyorgarlikdan o‘tadi. Kurslar Toshkent viloyatining Angren shahrida tashkil etiladi. Ishtirokchilarga bepul yotoqxona beriladi, yashash xarajatlarining 90% gacha bo‘lgan qismi Migratsiya agentligi tomonidan qoplanadi. Yangi guruh uchun o‘qish oktabr oyida boshlanadi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, avvalgi ishtirokchilarning asosiy qismi 5-6 oy ichida zarur yapon tili va kasbiy sertifikatlarni olib, ish takliflariga ega bo‘lgan.

Dastur ishtirokchilariga Yaponiyada rasmiy ish taklif qilinadi

Dastur ishtirokchilariga Yaponiyada ishchi vizasi asosida rasmiy ish o‘rinlari taklif etiladi. Shuningdek, turar joy topish, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta, aviachipta hamda viza xarajatlari bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi. Oylik daromad ish joyi, ish vaqti va qo‘shimcha to‘lovlarga qarab farq qiladi. Dasturga ro‘yxatdan o‘tish Migratsiya agentligi e’lon qilgan maxsus shakl orqali amalga oshiriladi.

Avvalroq «Kursiv» Germaniyada o‘zbekistonliklar uchun ish o‘rinlari ochilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek