1-oktabrda qaysi banklardan valyuta ayirboshlash mumkin

eʼlon qilindi
14 ta bank ishlaydi
Bankdan hujjatlarsiz olinadigan naqd valyuta limiti 500 dollargacha oshiriladi
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi 14 ta bankning ayrim shoxobchalari aholiga valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini ko‘rsatadi. Mijozlar ishlaydigan ofislar manzili va ish vaqtini banklarning rasmiy sahifalarida tekshirishi mumkin.

Qaysi banklar ishlaydi

E’tibor bering, bayram kuni banklarning barcha shoxobchalari faoliyat yuritmaydi. Quyida banklarning rasmiy sahifalariga havolalar berilgan – kerakli bank nomini bosib, 1-oktabr kuni ishlaydigan shoxobchalar manzili va ish vaqtini ko‘rish mumkin.

1-oktabr kuni Agrobank, Apex bank, Biznesni rivojlantirish banki (BRB), O‘zmilliybank, Orient Finans bank, Tenge bank, Trastbank va Anorbank ning ayrim shoxobchalarida tegishli xizmatlardan foydalanish mumkin.

Shuningdek, Hayot bank, O‘zsanoatqurilishbank, Asakabank, Xalq banki, Mikrokreditbank va Turonbank ham bayram kuni ayrim xizmat ko‘rsatish nuqtalarini ishga tushiradi.

BRB ma’lumotiga ko‘ra, 1 – 31-oktabr kunlari ayrim bank xizmatlari ofislari va markazlarida valyuta ayirboshlash hamda xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlaridan foydalanish mumkin.

Mikrokreditbankning ayrim navbatchi ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ham 1-oktabr kuni ishlaydi. Ularda valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari mavjud.

Orient Finans bankning Tashkent City SKMdagi bo‘limi 1-oktabr kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

Valyutani 24/7 ham ayirboshlash mumkin

Aholi bank shoxobchalariga bormasdan ham valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishi mumkin. Buning uchun 24/7 rejimida ishlaydigan avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda tijorat banklarining mobil ilovalaridan foydalanish mumkin.

1-oktabr kuni bankka borishni rejalashtirayotgan mijozlarga kerakli shoxobchaning manzili va ish vaqtini oldindan bankning rasmiy sahifasidan tekshirish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 30-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek