Dual ta’limdagi talabalar uchun korxonalarga subsidiya beriladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2027-yildan ayrim yo‘nalishlarda dual ta’limdagi talabalar uchun to‘langan ish haqining 50% qoplanadi
Dual ta’limdagi talabalar uchun korxonalarga subsidiya beriladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

O‘zbekistonda dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashda korxonalar ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha yangi imtiyozlar joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab muhandislik, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida dual ta’limda tahsil olayotgan talabalar uchun korxonalar to‘lagan ish haqi xarajatlarining 50% o‘quv yili yakunida subsidiya shaklida qoplanadi.

Korxonalarga qo‘shimcha ball beriladi

Dual ta’limga talabalarni qabul qilgan korxonalarga ularning soniga mutanosib ravishda «Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi» platformasida qo‘shimcha ball beriladi.

Bu korxonalarni talabalarni amaliyotga jalb qilish va ularni bevosita ish jarayonida tayyorlashga rag‘batlantirishga qaratilgan.

Bojxona boji 1% etib belgilanadi

Korxonalar oliy ta’lim tashkilotlari hududida dual ta’lim uchun amaliyot bazalarini tashkil etish maqsadida olib keladigan jihozlar, uskunalar va laboratoriya anjomlariga bojxona boji bo‘yicha imtiyoz beriladi.

Ular uchun bojxona boji stavkasi 2030-yil 1-yanvargacha 1% etib belgilanadi.

Uskunalarga tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llanadi

Dual ta’lim dasturi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun korxonalar xarid qilgan o‘quv uskunalari va jihozlariga nisbatan uch yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qo‘llash huquqi beriladi.

Bu choralar korxonalarni dual ta’limga ko‘proq jalb qilish hamda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini ishlab chiqarish jarayonining o‘zida shakllantirishga qaratilgan.

Shuningdek