
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA onlayn reytingida yana bir pog‘ona yuqorilab, 58-o‘rinni egalladi. Bunga Suriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidagi 4:1 hisobidagi g‘alaba sabab bo‘ldi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida Suriyani 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
G‘alaba 3,75 ochko keltirdi
Suriyaga qarshi g‘alaba O‘zbekiston hisobiga 3,75 reyting ochkosi qo‘shdi. Natijada milliy terma jamoaning umumiy ochkolari 1 420,31 ga yetdi.

FIFAning joriy onlayn reytingida O‘zbekiston 58-o‘rinda qayd etilgan. Undan bir pog‘ona yuqorida Saudiya Arabistoni 1 436,41 ochko bilan 57-o‘rinda, Bosniya va Gersegovina esa 1 418,65 ochko bilan 59-o‘rinda turibdi.
Rasmiy reyting 7-oktabrda yangilanadi
FIFA sahifasida ko‘rsatilishicha, ushbu reyting hozircha onlayn hisob-kitob bo‘lib, barcha uchrashuvlar xalqaro «A» toifasidagi o‘yin sifatida tasdiqlangach rasmiylashadi.
FIFA reytingining navbatdagi rasmiy yangilanishi 7-oktabrda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikr bildirgandi. U jamoaning «yurakdan o‘ynagani»ni alohida ta’kidlagandi.