Saida Mirziyoyeva Donald Tramp bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
U AQSh prezidentiga Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazdi
Saida Mirziyoyeva Donald Tramp bilan uchrashdi
Foto: Saida Mirziyoyeva/ Telegram

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. U uchrashuv davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazganini ma’lum qildi.

«AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashish hamda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy va ezgu tilaklarini yetkazish men uchun katta sharafdir», — dedi Mirziyoyeva.

O‘zbekiston va AQSh aloqalari faollashmoqda

So‘nggi oylarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sezilarli faollashdi.

2026-yil 7-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp telefon orqali muloqot qilib, strategik sheriklikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan edi. Tomonlar uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi, Amerika-O‘zbekiston Biznes va investitsiyalar kengashi faoliyati, shuningdek, energetika, transport, kritik minerallar, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohalaridagi qo‘shma loyihalarni ko‘rib chiqdi.

Avgust oxirida esa Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qilgan. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajadagi kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish, investitsiyalar va C5+1 doirasidagi hamkorlik muhokama qilingan.

«Kursiv» Serjio Gor AQShning Markaziy Osiyodagi asosiy figurasiga aylangani haqida yozgan edi.

Shuningdek