Samarqandda noqonuniy umra tashkilotchisi ushlandi

eʼlon qilindi
U to‘rt nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, buning evaziga $4,8 ming talab qilgani aytilmoqda
Samarqandda noqonuniy Umra tashkilotchisi ushlandi
Foto: DXX

Samarqand shahrida umra ziyoratini tashkil etish vakolatiga ega bo‘lmagan shaxs fuqarolarni Saudiya Arabistoniga yuborishni va’da qilib, pul olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

To‘rt nafar fuqaroga umra safarini va’da qilgan

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1956-yilda tug‘ilgan va avval firibgarlik bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan shaxs Oqdaryo tumanida yashovchi to‘rt nafar fuqaroga umra ziyoratini tashkil qilib berishni va’da qilgan.

U buning evaziga jami $4,8 ming talab qilgani aytilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shaxs oldindan $3 ming olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ETK muhandisi 3 mln so‘m bilan ushlangandi

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida elektr ta’minoti korxonasi muhandisi 3 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlangani haqida yozgandi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u issiqxonaning elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari ulanganligi yuzasidan tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga pul olgan. Holat bo‘yicha firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek