
Futbol mavzusidagi karikaturalari bilan tanilgan eronlik mashhur karikaturachi Hamid Sahari Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Jezus va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi so‘nggi ziddiyatli vaziyatga bag‘ishlangan yangi ishini e’lon qildi. Karikatura YouTube tarmog‘ining o‘zida 1,5 mlndan ortiq ko‘rilgan.
Karikaturada Ronaldu markazda
Karikaturada Krishtianu Ronaldu va Xorxe Jezus o‘rtasidagi vaziyat futbolga xos kinoyali uslubda tasvirlangan. Unda Portugaliya terma jamoasi atrofidagi so‘nggi muhokamalar asosiy mavzu qilib olingan.
Shuningdek, o‘qing: Portugaliya termasi Ronaldudan keyin 1,5 mln obunachi yo‘qotdi
Muallif Hamid Sahari postga:
«Menimcha, vaziyat nazoratdan chiqib bormoqda», – degan izoh qoldirgan.
Karikatura katta qiziqish uyg‘otdi
Shuningdek, o‘qing: Portugaliyada Ronaldu o‘rniga yangi «7» paydo bo‘ldi
Post qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib, 1,5 mln martadan ortiq ko‘rilgan. Foydalanuvchilar izohlarda Ronaldu va Jezus bilan bog‘liq vaziyatni faol muhokama qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu jamoaning Daniyadagi yig‘inini tark etgandi. Portugaliya futbol federatsiyasi futbolchining terma jamoa qarorgohidan ketganini tasdiqladi.
Futbolchi ketish sabablarini keyinroq tushuntirishini bildirgan va Portugaliya terma jamoasiga doimo sodiq bo‘lganini ta’kidlagan. Portugaliya futbol federatsiyasi esa terma jamoa Daniya va Norvegiyaga qarshi navbatdagi o‘yinlarga qolgan 24 futbolchi bilan tayyorgarlikni davom ettirishini ma’lum qilgan.
Ronaldu Jezus bilan bog‘liq vaziyatdan keyin ketdi
Ronaldu Portugaliyaning Norvegiyaga qarshi 2:1 hisobidagi g‘alabasida zaxirada qolgan va maydonga tushmagan edi. Keyin u jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarda qatnashmay, individual mashqlar bajargan.
Shuningdek, o‘qing: Ronaldu 6 oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Bosh murabbiy Jorje Jezus esa Daniyaga qarshi uchrashuvda ham Ronaldu asosiy tarkibda bo‘lmasligini bildirgan. Shundan so‘ng futbolchi terma jamoa yig‘inini tark etgan.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘lib, 234 ta uchrashuvda 146 ta gol qayd etgan.