Abror Po‘latov prezident administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari etib tayinlandi

eʼlon qilindi
1986-yil 12-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan
Foto: prezident matbuot xizmati

Abror Po‘latov prezident administratsiyasi rahbari kotibiyati mudiri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tegishli farmoyish prezident administratsiyasi rahbari tomonidan imzolandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Abror Po‘latovning faoliyati

Abror Po‘latov 1986-yil 12-fevralda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 2006-yilda Toshkent islom universitetining huquqshunoslik fakultetini, 2008-yilda O‘zbekiston Milliy universitetining Oliy jurnalistika kursini tamomlagan. Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori.

Po‘latov mehnat faoliyati davomida IIV Transport IIBB, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi, «Avtoradio media» xususiy korxonasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada turli lavozimlarda ishlagan.

Milliy media assotsiatsiyasiga rahbarlik qilgan

Abror Po‘latov 2022-yil may oyida O‘zbekiston Milliy media assotsiatsiyasi bosh direktori etib tayinlangan.

Ushbu tayinlovga qadar assotsiatsiya bosh direktorining ijodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangi lavozimida Po‘latov prezident administratsiyasi rahbari kotibiyati faoliyatida rahbar o‘rinbosari sifatida ish olib boradi.

Avvalroq Prezident Administratsiyasi huzurida Inson kapitalini rivojlantirish va uzluksiz ta’lim strategiyasi bo‘yicha maxsus ishchi guruh tashkil qilinmoqda va unga jamoatchilik asosida tadbirkor Zafar Hoshimov rahbar etib tayinlangandi.

Shuningdek