Bentley ilk elektromobilini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Torcal Bentley’ning an’anaviy dizayn elementlarini saqlab qolgan
Foto: Reuters

Britaniyaning Bentley kompaniyasi o‘zining ilk to‘liq elektr avtomobili – Torcal SUV’ni taqdim etdi. Model 2027-yildan ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi qariyb 230 ming dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

600 kilometrgacha yuradi

Torcal Bentley’ning an’anaviy dizayn elementlarini saqlab qolgan. Kompaniya elektromobilda ham brendga xos ko‘rinishni saqlashga urg‘u bergan.

Foto: Reuters

Avtomobil bir quvvat bilan 600 kilometrgacha masofani bosib o‘tishi mumkin. Bentley elektromobil orqali yangi, yoshroq xaridorlarni ham jalb etishni maqsad qilmoqda.

Foto: Reuters

Zavodga 465 mln dollar investitsiya qilinadi

Bentley Torcal ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlash uchun Buyuk Britaniyadagi Crewe zavodiga 350 mln funt sterling, ya’ni qariyb 465 mln dollar investitsiya qilgan.

Foto: Reuters

Kompaniya yangi modelga bo‘lgan qiziqishning yarmi mavjud Bentley mijozlari, qolgan qismi esa yangi xaridorlardan kelayotganini bildirgan.

Avvalroq Xitoyning Geely, BYD va CATL kompaniyalari elektromobillar uchun o‘ta tez quvvatlash texnologiyalarini ishlab chiqqandi.

Shuningdek