O‘zbekistonda qaysi aksiyalar bir haftada investorlarni boyitdi

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 25-sentabrdan 2-oktabrgacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 8,39 foizga oshdi.
Ushbu davr mobaynida «Garant bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 30,24 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «O‘zbektelekom» (imtiyozli +25,07) va «Portlatishsanoat» aksiyalarida (+15,38%) ham o‘sish qayd etildi.
O‘z navbatida, «Buxoroneftgazparmalash» aksiyalari 14,63 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, «Universal bank» (-11,38%) va «Kvarts» (-7,27%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqat «Agrobank», «Ipoteka-bank», «Aloqabank», «Biokimyo» va «Kapital sug‘urta» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Bitimlar soni bo‘yicha UzNIF (4 502 ta), «Uzbekinvest» (3 213 ta) va «Hamkorbank» (2 566 ta) peshqadam bo‘ldi.
Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa UzNIF (2,32 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zbektelekom» (756,73 mlrd so‘m) va «O‘zRTXB» (461,76 mlrd so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.
Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonda ilk valyuta obligatsiyalari ro‘yxatga olindi
Yuqori likvidli aksiyalardan 34 tasi haftani ijobiy, beshtasi o‘zgarishsiz va 18 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 59,57 mlrd so‘m bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshkent» Respublika fond birjasi modernizatsiya uchun takliflar qabul qilishni boshlagani haqida xabar berilgandi. Mazkur qaror ijrosi doirasida birja Request for Proposal – RFP formatida mahalliy va xorijiy texnologik kompaniyalardan texnik hamda tijorat takliflarini qabul qilishni boshladi.