iQOO 16 smartfoni nega ommalashmadi: sabablar

5-oktabr 2026 11:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iQOO 16 smartfoni nega ommalashmadi: sabablar
Foto: MT Today/ Fotomuharrir: Samijon Juraqulov/ Kursiv Uzbekistan

iQOO 16 smartfonining dastlabki to‘rt kunlik savdosi avvalgi iQOO 15 modeliga nisbatan qariyb ikki baravar past bo‘ldi. Shu bilan birga, yangi model natijasi iQOO 13 ko‘rsatkichiga yaqinlashgan.

Taqqoslashda uchala model uchun bir xil davr – sotuv boshlangan kun va undan keyingi uch kun hisobga olingan.

Sotuvning pasayishiga nima sabab bo‘lishi mumkin

Manbaga ko‘ra, iQOO 16’ning startdagi savdosi pasayishiga ikki omil ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.

Birinchisi, xotira komponentlari qimmatlashgani sabab smartfon narxining oshishi. Ikkinchisi esa foydalanuvchilarning har yili yangi flagmanga o‘tishga qiziqishi kamaygani bilan izohlanmoqda.

165 Hz Samsung ekran

iQOO 16 6,85 dyuymli Samsung Everest displeyi bilan jihozlangan. Ekran M16 materialidan foydalanadi, 2K LEAD 2.0 texnologiyasini va 165 Hz yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi.

8 400 mA/soat batareya

Smartfon 8 400 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. Qurilma 100 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikkita 50 Mp kamera

iQOO 16’ning asosiy kamerasi 50 Mp Sony sensori bilan jihozlangan. Sensorning optik formati 1/1,3 dyuymni tashkil etadi. Periskop kamerada ham 50 Mp Sony sensori qo‘llangan. Model IP69 darajasida himoyaga ega.

Global taqdimot ham kutilmoqda

iQOO 16 hozircha Xitoy bozorida sotilmoqda. Manbaga ko‘ra, smartfonning xalqaro bozordagi taqdimoti ham tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» Samsung Galaxy Z Fold 9 yanada yupqa bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek