Dollar yana oshdi: 7-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

7-oktabr uchun valyutalar kursi yangilandi. Dollar 12,34 so‘mga oshib, 11 790,79 so‘mni tashkil etdi. Yangilangan kursni Markaziy bank o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
26-sentabr kuni esa 5,47 so‘mga tushib, 11 825,40 so‘mga, 29-sentabr kuni 18,43 so‘mga tushib, 11 806,97 so‘mga, 30-sentabr kuni 14,21 so‘mga oshib, 11 821,18 so‘mga tenglashdi. 1-oktabr kuni esa 12,42 so‘mga tushib, 11 808,76 so‘m bo‘lgan edi. 3-oktabr kuni 35,81 so‘mga tushib, 11 772,95 so‘mni, 4-oktabr kuni 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘mni tashkil etdi.
Shuningdek, o‘qing: Dollar valyutasida pul saqlash qanchalik to‘g‘ri
Yevro kursida oshish kuzatildi. Yevropa valyutasi 86,93 so‘mga oshib, 13 285,86 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli tushdi. Rubl kursi 0,57 so‘mga tushib, 137,78 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq «Kursiv» 6-oktabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.