IE global biznes-maktabi ABB Banki transformatsiyasi tajribasini o‘quv keysiga aylantirdi

Dunyoning eng nufuzli biznes-maktablaridan biri bo‘lgan IE Business School’da Ozarbayjonning ABB Banki transformatsiyasi tajribasini o‘quv keysi formatida o‘rganish boshlandi.
IE Business School professori Antonio Sabaleta Moreno (Antonio Zabaleta Moreno) tomonidan tayyorlangan keys «ABB Bankining yangi rivojlanish bosqichi: ko‘lam va o‘sish yo‘nalishini tanlash» (ABB Bank’s next frontier: Choosing the scope and path of growth) deb nomlangan. Unda Bank so‘nggi yillarda muvaffaqiyatli amalga oshirgan strategik va raqamli transformatsiya jarayoni, ABB Bankiga Agile operatsion modelining joriy etilishi, texnologik yangilanish hamda sun’iy intellektga asoslangan rivojlanish yo‘nalishlari talabalarga real biznes misoli sifatida taqdim etilgan.
Keys ABB Bankining 2016-yildagi murakkab vaziyatdan keng ko‘lamli transformatsiya tufayli yangi rivojlanish bosqichiga qadar bosib o‘tgan yo‘lini, shuningdek, Bankning 2026 – 2028-yillarga mo‘ljallangan strategik maqsadlarini qamrab oladi.
Materialni tayyorlashda professor Antonio Sabaleta Moreno ABB Banki transformatsiyasi natijalarini aks ettiruvchi aniq ko‘rsatkichlarga tayangan. Ulardan biri – Bank mobil ilovasi foydalanuvchilari sonining besh yil ichida 16 baravar o‘sgani. Xususan, ABB mobile foydalanuvchilari soni 2020-yildagi taxminan 171 mingdan 2025-yilda 2,6 millionga yetdi. Ilova reytingi 1,2 dan 4,9 gacha ko‘tarildi, mijozlarning ABB Banki raqamli kanallaridan qoniqish ko‘rsatkichi (NPS) esa 48 dan 77 ga oshdi.
Bank Agile-transformatsiyani ham muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Hozirda ABB Bankida 14 ta Agile-yo‘nalish va 80 dan ortiq Agile-jamoa faoliyat yuritmoqda. Moslashuvchan yondashuvlar joriy etilgani tufayli ABB Bankida yangi mahsulotni ishlab chiqish va bozorga olib chiqish muddati 243 kundan 59 kunga qisqardi.
Bank tomonidan 2019-yilda tashkil etilgan ABB Tech Academy’ni 1 113 dan ortiq bitiruvchi tamomlagan, ularning 83 foizi ishga joylashgan.
Keysda ABB Bankining keyingi rivojlanish bosqichidagi asosiy yo‘nalishlar sifatida sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni keng joriy etish, raqamli imkoniyatlarni kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish, shuningdek, Bankni lifestyle-hamkor sifatida pozitsiyalash doirasida mijozlarning kundalik hayotiga integratsiyalashgan servislarni rivojlantirish ko‘rib chiqiladi.
ABB Banki Boshqaruvi raisi Abbas Ibragimov shunday dedi:
«ABB Banki bosib o‘tgan transformatsiya yo‘li endi shunchaki Bank rivojlanish tarixining bir qismi emas — u xalqaro biznes-maktabda o‘rganilayotgan real boshqaruv tajribasiga aylandi. Bu natija ortida jamoamizning ko‘p yillik qat’iyati, o‘zgarishlarga ochiqligi va eng yaxshisini yaratishga intilishi turibdi. Bu biz uchun katta faxr.
Men uchun ayniqsa qadrlisi shundaki, IE Business School’da talabalar nafaqat ABB Banki qanday o‘zgarganini, balki Bank keyingi rivojlanish bosqichida duch keladigan strategik tanlovlarni ham muhokama qilishadi. ABB Banki tajribasining xalqaro akademik muhitda muhokama qilinishi biz bosib o‘tgan transformatsiya yo‘li tashkilotimiz doirasidan chiqib, kengroq biznes hamjamiyatida qiziqish uyg‘otayotganidan dalolat beradi».
Professor Antonio Sabaleta Moreno ta’kidladi:
«Ushbu keysni tayyorlash men uchun juda qimmatli va ilhomlantiruvchi tajriba bo‘ldi. ABB Bankiga ajoyib hamkorlik uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman. ABB Banki — ta’sirchan transformatsiya yo‘lini bosib o‘tgan innovatsion tashkilot. Raqamli yechimlar va sun’iy intellektni o‘z faoliyatining markaziga qo‘ygan ushbu Bankning kelajagini shakllantirayotgan strategik qarorlarni talabalar o‘rganishga kirishishini katta qiziqish bilan kutyapman».
ABB Bankining bu muvaffaqiyati kengroq kontekstda – Ozarbayjon bank sektorida yuz berayotgan raqamli va tashkiliy o‘zgarishlarning global akademik maydonlarda o‘rganilishi nuqtayi nazaridan ham muhim fakt hisoblanadi.
Keys bilan bu yerda tanishish mumkin.
ABB Bankining zamonaviy, foydali va universal mahsulot hamda xizmatlari haqida ma’lumotni bank filiallari va bo‘limlarida, https://abb-bank.az/ rasmiy saytida, 937 raqami orqali Axborot markazida, shuningdek, bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy korporativ sahifalarida olish mumkin.