Nigeriyada harbiy samolyot quladi, 32 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
ATR-42 rusumli harbiy samolyot Lagosga ketayotgan vaqtida halokatga uchradi
Nigeriyada harbiy samolyot quladi, 32 kishi halok bo‘ldi
Foto: Steven Mohr/SNS

Nigeriyaning janubida 32 kishi bo‘lgan harbiy samolyot halokatga uchradi. Mamlakat prezidenti Bola Tinubu samolyot bortidagi barcha 32 kishi vafot etganini ma’lum qildi.

Samolyotda 25 nafar yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Samolyot Lagosga ketayotgan edi

Nigeriya aviatsiya vaziri Festus Keyamoning ma’lum qilishicha, samolyot Edo shtatidan Lagosga odatiy parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan.

U Ondo shtatining Igbokoda hududida halokatga uchragan. Samolyot mahalliy vaqt bilan taxminan soat 09:00 da radarlardan yo‘qolgan. Keyinchalik uning qoldiqlari dengiz-harbiy bazasi yaqinidan topilgan.

Samolyot ATR-42 bo‘lgan

Nigeriya Harbiy-havo kuchlari halokatga uchragan samolyot ATR-42 rusumida bo‘lganini ma’lum qildi.

Hodisa ortidan darhol qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlangan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda qutqaruvchilar daryo yaqinidagi hududni qayiq yordamida tekshirayotgani ko‘rinadi.

Mahalliy aholi samolyot daraxtlarga yaqin uchganini aytdi

AP agentligiga gapirgan mahalliy aholining aytishicha, samolyot ayrim daraxtlar ustidan juda past uchib o‘tgan.

Hodisa joyidan kiyim-kechak, poyabzal va inson tanasi qismlari topilgani aytilmoqda. Halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nigeriyada hibsdagi 37 kishi vafot etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek