O‘zbekistonga 9 oyda 10,3 mln sayyoh keldi

eʼlon qilindi
Sentabrda 1,2 mln sayyoh keldi
Yarim yilda O‘zbekistonga 6,5 milliondan ortiq turist tashrif buyurdi
Foto: Unsplash

2026-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekistonga 10,3 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 20,4 foiz ko‘p. Shu davrda turistik xizmatlar eksporti $5,3 mlrdga yetdi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

Sentabrda 1,2 mln sayyoh keldi

Birgina sentabr oyida O‘zbekistonga 1,2 mln xorijiy sayyoh tashrif buyurgan.

Yanvar – sentabr oylarida turistik tashriflar eng yuqori sur’atda Xitoydan oshgan – 2,1 baravar. Malayziyadan kelgan sayyohlar soni 1,9 baravar, Misr va Ruminiyadan 1,8 baravar, Indoneziyadan 1,7 baravar ko‘paygan.

Shuningdek, Yaponiyadan tashriflar 1,5 baravar, AQShdan 1,4 baravar, Rossiyadan esa 1,3 baravar oshgan.

Yevropadan kelayotgan sayyohlar ham ko‘paydi

Germaniya va Buyuk Britaniyadan kelgan sayyohlar soni o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 25 foizga oshgan. Fransiyadan tashriflar 21 foizga, Turkiyadan esa 15 foizga ko‘paygan.

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekistonning turistik xizmatlar eksporti $5,3 mlrdni tashkil etdi. Bu 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 51,2% yuqori ko‘rsatkich.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston turistlar oqimi bo‘yicha Yevropada yetakchi davlat bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek