Qaysi banklardan avtokredit va mikroqarz olish qulay

eʼlon qilindi ( yangilandi)
5-oktabr holatiga ko‘ra
Foto: telegram

5-oktabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mazkur davrda mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 21,5 foizdan 21,3 foizga tushdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,8 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,5 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng past avtokredit stavkasi «Apex bank» tomonidan taklif qilingan bo‘lib, 18,1 foizni tashkil etdi. Bungacha eng kam foiz «Aloqabank» (18,6%) tomonidan taklif qilingandi.

Xususan, eng kam foizli avtokreditlar quyidagi banklarda ham kuzatilmoqda:

  • «Apex bank» – 18,1%;
  • «Aloqabank» – 19,1%;
  • «Ipoteka-bank» – 20%;
  • «Milliy bank» – 20,1%;
  • «SQB» – 21,5%.

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Hamkorbank» – 27%;
  • «Anorbank» – 27%;
  • «Davr bank» – 25%;
  • «Mikrokreditbank» – 24%;
  • «Octobank» – 24%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 28,2 foizdan 27,6 foizga tushdi. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarz va kredit kartalaridan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 22,8 foizni, yuridik shaxslar ulushi ham 22,5 foizni ko‘rsatmoqda.

Bunda eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «TBC bank» – 46,7%;
  • «AVO bank» – 39,9%;
  • «Uzum bank» – 38%;
  • «Ipak Yuli bank» – 35,8%;
  • «Tenge bank» – 35,3%.

Eng past mikroqarz foiz stavkasi «Mikrokreditbank» (21,5%) tomonidan taklif qilinmoqda. Bundan avval eng kam foiz stavkasi 21,8% bo‘lib, uni ham «Mikrokreditbank» taklif etgandi.

Bundan tashqari, eng kam foizli mikroqarzlar quyidagi banklarda ham mavjud:

  • «Mikrokreditbank» – 21,5%;
  • «Infinbank» – 24%;
  • «Trastbank» – 24,3%;
  • «Asia Alliance bank» – 24,3%;
  • «Agrobank» – 24,4%.

Eslatib o‘tamiz, endi banklar kredit xatarlari haqida mijozlarni oldindan ogohlantirishi shart. Shuningdek, bunday ogohlantirish kredit shartnomasining birinchi sahifasida ham joylashtiriladi. Markaziy bank boshqaruvining tegishli qarori Adliya vazirligida 2026-yil 30-sentabrda 3948-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Shuningdek