Chevrolet Cobalt va Damas bo‘lib to‘lash narxlari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Chevrolet Cobalt uchun boshlang‘ich to‘lov 50 foiz etib belgilangan
Chevrolet Cobalt va Damas bo‘lib to‘lash narxlari e’lon qilindi
Rasm: SI

Chevrolet Cobalt va Damas avtomobillarini bo‘lib to‘lash asosida xarid qilish shartlari hamda barcha mavjud komplektatsiyalar narxlari ma’lum qilindi.

Xaridorlar Chevrolet rasmiy dilerlik markazlariga murojaat qilib, o‘ziga mos komplektatsiyani tanlashi va muddatli to‘lov asosida xaridni amalga oshirishi mumkin.

Chevrolet Cobalt uchun 24 oylik muddat

Manba: Chevrolet

Chevrolet Cobalt avtomobillari uchun boshlang‘ich to‘lov avtomobil qiymatining 50 foizini tashkil etadi. Qolgan summa 24 oy davomida to‘lanadi.

GX-STYLE AT PLUS (MCM) komplektatsiyasi 156 mln 100 ming so‘m turadi. Boshlang‘ich to‘lov 78 mln 50 ming so‘m, oylik to‘lov esa 3 mln 252 ming 83 so‘mni tashkil etadi.

GX-MIDNIGHT AT (MCM) narxi 165 mln 200 ming so‘m etib belgilangan. Boshlang‘ich to‘lov 82 mln 600 ming so‘m, oyiga esa 3 mln 441 ming 667 so‘m to‘lanadi.

Damas-2 uchun 30 oylik muddat

Manba: Chevrolet

Damas-2 avtomobillari uchun boshlang‘ich to‘lov 30 foizini, to‘lov muddati esa 30 oyni tashkil etadi.

D2 STYLE PLUS komplektatsiyasi 96 mln 932 ming so‘m turadi. Boshlang‘ich to‘lov 29 mln 79 ming 600 so‘m, oylik to‘lov 2 mln 261 ming 747 so‘m.

D3 STYLE narxi 96 mln 449 ming so‘m. Boshlang‘ich to‘lov 28 mln 934 ming 700 so‘m, oylik to‘lov esa 2 mln 250 ming 477 so‘mni tashkil qiladi.

D11 STYLE komplektatsiyasi 93 mln 156 ming so‘m turadi. Boshlang‘ich to‘lov 27 mln 946 ming 800 so‘m, oylik to‘lov esa 2 mln 173 ming 640 so‘m.

Eng arzon oylik to‘lov 2,17 mln so‘mdan

Taqdim etilgan variantlar orasida eng past oylik to‘lov Damas-2 D11 STYLE komplektatsiyasiga to‘g‘ri keladi — oyiga 2 mln 173 ming 640 so‘m.

Cobalt bo‘yicha esa eng past oylik to‘lov GX-STYLE AT PLUS (MCM) versiyasida — 3 mln 252 ming 83 so‘m.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors Cobalt va Damas uchun yangi to‘lov tizimini e’lon qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek