Mercedes savdosi 8 foizga tushdi

Mercedes-Benz kompaniyasining 2026-yil uchinchi choragidagi asosiy avtomobil savdolari yillik hisobda 8 foizga kamayib, 407 200 donani tashkil etdi. Bunga, asosan, Xitoydagi talabning pasayishi sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, kompaniyaning elektromobil savdosi 52 foizga oshgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Xitoyda savdo 31 foizga kamaydi
Mercedes-Benz’ning Xitoydagi avtomobil savdosi uchinchi chorakda 31 foizga kamayib, 86 800 donaga tushgan.
Kompaniyaning qimmatbaho avtomobillarni o‘z ichiga oluvchi Top-End segmentidagi savdolari ham 21 foizga qisqarib, 53 900 dona bo‘lgan.
Biroq boshqa yirik bozorlarda vaziyat nisbatan ijobiy bo‘lgan. AQShda Mercedes avtomobillari savdosi 6 foiz, Yevropada esa 5 foiz oshgan.
Elektromobillarga talab keskin oshdi
Umumiy savdolardagi pasayishga qaramay, Mercedes-Benz elektromobillar bo‘yicha sezilarli o‘sishni qayd etdi. Kompaniyaning avtomobil va furgonlarni qamrab oluvchi akkumulyatorli elektromobil savdosi uchinchi chorakda 52 foizga oshib, 78 100 donaga yetgan.
Avvalroq Mercedes-Benz Tayvanning ProLogium kompaniyasi bilan yangi avlod qattiq elektrolitli akkumulyatorlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kelishuv tuzgani haqida xabar berilgandi.